Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Umummilliy talabalar so‘rovnomasi”da faol ishtirok etmoqdalar.

  • Главная
  • Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Umummilliy talabalar so‘rovnomasi”da faol ishtirok etmoqdalar.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Umummilliy talabalar so‘rovnomasi”da faol ishtirok etmoqdalar.

👀Mazkur so‘rovnoma oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati, o‘quv jarayoni samaradorligi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan.

📌 Sizdan ushbu so‘rovnomaga befarq bo‘lmasligingizni, savollarga aniq, xolis va mas’uliyat bilan javob berishingizni so‘raymiz.

💬 Sizning fikr-mulohazalaringiz — ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muhim omildir!