TATU hamda “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

  • Startseite
  • TATU hamda “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti hamda “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarining işga joylaşişiga kömaklaşiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-61-son qarori bilan yoşlarning bandligini ta’minlaş, oliy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuçaytiriş, xususiy sektor va tijorat banklari iştirokida kadrlar tayyorlaş jarayonini takomillaştiriş yuzasidan keng imkoniyatlar yaratib berildi.

Mazkur Qaror asosida “Özmilliybank” AJ tomonidan hududlarda “Kelajakka qadam” markazlari taşkil etilişi belgilangan.

Joriy yilning 27-fevral kuni, Mana şunday markazlardan birini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida taşkil qiliş böyiça hamkorlik kelişuv imzolandi.

Universitetda taşkil qilinadigan uşbu Markazda “Özmilliybank” bilan hamkorlikda talaba yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi Qarorda belgilab berilgan quyidagi yönalişlarda amalga oşiriladi

Öz biznes ğoyalarini amalga oşiriş istagi bölgan Universitetning bitiruvçi bosqiç talabalari uçun biznes ğoyani tayyor loyihagaça olib boriş jarayonida töliq hamrohlik qiliş, şu jumladan qulay şartlarda moliyalaştiriş;

Universitetning bitiruvçi va quyi bosqiç talabalari örtasida sohalar böyiça oçiq tanlovlar ötkaziş va ğoliblarni iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş. 

Bunda:

✍️ Salohiyatli iş beruvçi taşkilotlar, şu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlaş va mutaxassislarga qöyiladigan talablarni şakllantiriş amaliyoti yölga qöyiladi;

✍️ Tanlov ğoliblarini salohiyatli iş beruvçi taşkilotlar buyurtmasiga köra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlaş tadbirlari moliyalaştiriladi;

✍️Individual kasbiy ta’lim dasturlarida işlab çiqariş obyektlarida amaliyot ötaş va çet eldagi universitetlarda qisqa muddatli öquv kurslarida qatnaşiş imkoniyati yaratiladi.

 

 

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:19