Xalqimiz ardoqlagan adib 100 yoshda

Oʻzbek elining faxri-iftixoriga aylangan adib, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad hozir hayot boʻlganida, ayni  10-iyun kuni   qutlugʻ yuz yoshga toʻlgan boʻlardi. Albatta, bu kun oʻzbek zamonaviy adabiyoti uchun haqiqiy shodiyonadir.

Shu kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi rektor boshchiligida gul qoʻyildi  Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100-yilligiga bagʻishlangan onlayn konferensiya oʻtkazildi.

 

Konferensiya bir vaqtning o‘zida universitetning YouTube kanalida ham jonli namoyish etildi.

Unda Said Ahmadning qizlari Nodira Xusanxoʻjayeva, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi oʻrinbosari, senator Minhojiddin Hodjimatov, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, adiblar, adabiyotshunos olimlar, adibning shogirdlari va zamondoshlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Shu kuni erta tongda Adiblar xiyoboniga oʻrnatilgan adib haykali poyiga universitet rahbariyati boshchiligida gul qoʻyilib, taʼzim bajo keltirildi. 

 

TATU matbuot xizmati