Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshabayev boshchiligidagi universitet deligatsiyasi Janubiy Koreyada masofaviy ta’limni rivojlantirish yo‘lida bir qancha kelishuvlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847 sonli farmoniga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish maqsadida Seoul Raqamli Universitetida mavjud Akademik kredit tizimi, Koreyanining Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’lim dasturlarida joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishdi.
Shuningdek, Seoul Kiber Universiteti bilan hamkorlikda masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish “blended learning” texnologiyasini joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
TATU matbuot xizmati