Bugun "Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbiri bizning universitetimizda ham o‘zgacha bir iftixor bilan o‘tkazildi. Barchaning ko‘nglida quvonch, qalbida hayajon. Talaba-yoshlarning el suygan san’atkorlar katorida badiiy chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Bugungi sayildagi yoshlarga qarab turib, yurtimizda amalga oshirilgan va oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining natijasini ko‘rish mumkin. Yer ostidan ko‘kka qarab intilayotgan suv tomchilariga qarab esa, yurtimizning qudrati ham ko‘kka qarab bo‘y cho‘zayotganligini, uning yanada ulug‘vor ekanligini his etadi kishi.
Bunday favvoralar Toshkentning har bir go‘shasida mavjud. Shahrimizni tomosha kilgan kishini bir-biridan ko‘rkam favvoralar durlar sochib qarshilaydi. Jazirama kunlari ularning qadr-qimmati bisyor ekanligini xar birimiz dildan xis qilamiz. Suv sochib turgan favvoralar yurtimizning tinchligi, ko‘ngillar xotirjamligidan dalolat beradi. Zero tinchlik, xotirjamlik hukm surgan yurtdagina xalq bunyodkorlik ishlariga qodir bo‘ladi.