TATUda “Favvoralar kuni” bayrami
- Главная
- TATUda “Favvoralar kuni” bayrami
Toshkent
nafaqat qadimiy obidalari, keng va ravon ko‘chalari, maxobatli ko‘priklari va
muhtasham binolari bilan, balki, go‘zal favvoralari bilan ham yetakchi o‘ringa
ega. Shaxar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan yuzlab favvoralar odamlar
bahri-dilini ochishga xizmat qilishi bilan birga, mikroiqlim yaratib, mo‘’tadil
xavoni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Halqimizning me’morchilik san’atida
favvoralar qurilishi ham alohida o‘rin tutadi. Xalqimizning bu boradagi yuksak
bunyodkorlik salohiyati bugun ham dunyo e’tiborini tortib kelmoqda.
Poytaxtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bunga misoldir.
Ayniqsa, mustaqillik maydonidagi, Oliy majlis konunchilik palatasi va Senati
oldidagi favvorlar maftunkorligi bilan ajralib turadi. Poytaxtimizdagi
favvoralarning ko‘pchiligi istiqlol yillari bunyod etilgan yoki qayta
rekonstruksiya qilingan.Jumladan, bizning Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti hovlisiga ham o‘zgacha ko‘rk berib turgan ushbu favvora 2011 yilda
qurilgan.
Bugun "Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbiri bizning
universitetimizda ham o‘zgacha bir iftixor bilan o‘tkazildi. Barchaning
ko‘nglida quvonch, qalbida hayajon. Talaba-yoshlarning el suygan san’atkorlar
katorida badiiy chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Bugungi sayildagi yoshlarga qarab turib, yurtimizda amalga oshirilgan va
oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining natijasini ko‘rish mumkin. Yer ostidan
ko‘kka qarab intilayotgan suv tomchilariga qarab esa, yurtimizning qudrati ham
ko‘kka qarab bo‘y cho‘zayotganligini, uning yanada ulug‘vor ekanligini his
etadi kishi.
Bunday favvoralar Toshkentning har bir go‘shasida mavjud. Shahrimizni tomosha
kilgan kishini bir-biridan ko‘rkam favvoralar durlar sochib qarshilaydi.
Jazirama kunlari ularning qadr-qimmati bisyor ekanligini xar birimiz dildan xis
qilamiz. Suv sochib turgan favvoralar yurtimizning tinchligi, ko‘ngillar
xotirjamligidan dalolat beradi. Zero tinchlik, xotirjamlik hukm surgan
yurtdagina xalq bunyodkorlik ishlariga qodir bo‘ladi.