TATUda Coursera vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Startseite
  • TATUda Coursera vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
 
 
 
 
 
TATUda Coursera vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
 
Joriy yilning 1-may kuni Coursera kompaniyasining mintaqa bo‘yicha mijozlar bilan ishlash direktori Vera Ignatyeva universitetga tashrif buyurdi.
 
Uchrashuv doirasida mehmon talabalarga “Sun’iy intellekt davrida ko‘nikmalarga asoslangan kelajakni yaratish” mavzusida ma’ruza qildi.
 
Ma’ruza davomida:
🔹 mehnat bozori talablariga moslashish;
🔹 sun’iy intellekt sharoitida raqobatbardosh bo‘lish;
🔹 raqamli ta’limning ahamiyati;
🔹 uzluksiz o‘qib-o‘rganish zarurati kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
 
Shuningdek, talabalarga Coursera platformasining imkoniyatlari, xalqaro sertifikatlar, yetakchi universitet va kompaniyalar bilan hamkorlikdagi kurslar hamda professional rivojlanish dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
 
Mazkur uchrashuv talabalar uchun global ta’lim imkoniyatlari bilan tanishish va zamonaviy bilimlarni egallash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi