TATU TALABASI XALQARO "HACKDAY 2026" CTF FINALIDA!

  • Startseite
  • TATU TALABASI XALQARO "HACKDAY 2026" CTF FINALIDA!

 

 

 

TATU TALABASI XALQARO "HACKDAY 2026" CTF FINALIDA!

2026-yil 27–28-mart kunlari Parijdagi ESIEE Paris muhandislik maktabida kiberxavfsizlik bo‘yicha yirik xalqaro CTF (Capture The Flag) musobaqasi o‘tkazildi.

HackDay 2026 — bu oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasi bo‘lib, saralash bosqichi 2026-yil 23–25-yanvar kunlari onlayn tarzda o‘tkazilgan, unda 58 davlatdan 200 dan ortiq jamoa (1200 dan ortiq ishtirokchi) qatnashib, saralash natijasiga ko‘ra O‘zbekistonning "ChiLL Chain" jamoasi 1092 nafar ishtirokchi orasida 11-o‘rinni egallab, Parijdagi finalga yo‘llanma olgan ilk o‘zbek jamoasiga aylangan edi.

TATU Kiberxavfsizlik klubi mentori Umurzoqov Quvonchbek "ChiLL Chain" (Call the Team) jamoasi nomi ostida nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.

Jamoa Parijda 22 ta xalqaro jamoaga qarshi bahs olib borib, bir qancha murakkab topshiriqlarni birinchilardan bo‘lib yechdi va finalda faxrli 6-o‘rinni egalladi.

🇺🇿 Ushbu natija — O‘zbekistonlik yosh kiberxavfsizlik mutaxassislari va TATU talabalarining global maydonda munosib raqobat qila olishini yana bir bor tasdiqlaydi.

TATU jamoasi talabamizni xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyati bilan tabriklaydi!