TATU talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” tanlovi eʼlon qilinadi!

  • Startseite
  • TATU talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” tanlovi eʼlon qilinadi!

Qadrli talaba! Karantin vaqtida siz nafaqat oilangiz bilan muloqot qilishingiz, balki bo‘sh vaqtingizni unumli sarflashingiz mumkin. Misol uchun, qiziqarli kitobni oling va adabiyotning sehrli dunyosiga kiring. Kitoblarni o‘qish xotirani yaxshilaydi, dunyoqarashni kengaytirish, savodxonlikni oshirish, aqliy faoliyatini rag‘batlantirish imkonini beradi.

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ular o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida TATU talabalari o‘rtasida “KITOBXON TALABA” tanlovi eʼlon qilinadi!

Tanlov ikki tilda o‘tkaziladi, yaʼni, o‘zbek adabiyotlariga qiziqqanlar uchun 2020-yil 27-aprel soat 12.00 dan 12.30 gacha; rus adabiyotiga qiziqqanlar uchun 27-aprel soat 14.00 dan 14.30 gacha.

Tanlovda ishtirok etish talablari:

- Tanlovda qatnashish istagi bo‘lgan talabalar o‘zlarining @gmal.comda elektron pochta manzillariga ega bo‘lishlari zarur (sababi testga qatnashishdan oldin biz bergan maxsus havolaga kirishlari kerak bo‘ladi);

- 30 daqiqa ichida 50 ta testni to‘g‘ri yechish talab etiladi;

- Test savollarini faqat bir marta yechish imkoni mavjud;

- G‘oliblar avtomatik tarzda aniqlanadi, yaʼni eng ko‘p va birinchi javoblarni yo‘llagan talabalar g‘olib hisoblanadi;

- Testdan oldin mahsus platformada ko‘rsatilgan maʼlumotlarni to‘ldirish zarur bo‘ladi (Bu yerda talabaning FIOsi, fakulteti, kontakt nomeri so‘raladi);

👉Tanlov boshlanishidan bir necha daqiqa oldin @tuituz_official telegram kanali orqali havola (ssilka) tashlanadi.Shu havola orqali onlayn testga kiriladi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan 1-3-o‘rinni sohiblari @tuituz_official telegram kanalida va universitetning vvv.tuit.uz saytiga joylashtiriladi.

Tanlovda 1-3-o‘ringa munosib deb topilgan g‘oliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

  • 1-o‘rin: 1 000 000 so‘m;
  • 2-o‘rin: 700 000 so‘m;
  • 3-o‘rin: 400 000 so‘m.

Tanlovda TATU va uning 5 ta hududiy filiallari talabalari ham ishtirok etishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot: O‘zbek adabiyoti bo‘yicha A.Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, G‘ofur G‘ulom, Said Axmad, Oybek asarlari; Rus adabiyoti bo‘yicha esa M.V.Lomonosov, G.R.Derjavin, V.A.Jukovskiy, A.I.Radishchev, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, M.Ye.Saltikov-Shchedrin, NA.Nekrasov, f.M.Dostoyevskiy, L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, M.A.Bulgakov ijodini bir varoqlab chiqsangiz bo‘ldi!!!!

Marhamat, uydagi vaqtingizdan unumli foydalanib, tanlovda ishtirok eting va o‘z iqtidoringizni namoyon eting!!!

TATU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat bo‘limi

-----------------------

TATU matbuot xizmati

Rasmiy telegram kanal