![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning Samarqand filialida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovida munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar.
TATU talabalari:
Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi: Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti, 430-22 guruh talabasi Akbarov Alimurod Aziz o‘g‘li;
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi: Dasturiy injiniring fakulteti, 313-22 guruh talabasi Istamov Mirjahon Mo‘minjon o‘g‘li.
TATU Samarqand filiali talabalari:
Prezident davlat stipendiyasi sohibi: “Kompyuter injiniringi” fakulteti, 4-bosqich talabasi Uroqov Dostonbek Zarif o‘g‘li;
Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi: “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb-ta’limi” fakulteti, 4-bosqich talabasi Davranov Mirziyod Jaloliddin o‘g‘li;
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi: “Kompyuter injiniringi” fakulteti, 3-bosqich talabasi Qarshiboyev Jahongir O‘rol o‘g‘li.
Barcha stipendiya sohiblarini samimiy muborakbod etamiz! Ularning ushbu yutuqlari bilimga chanqoqlik, tinimsiz izlanish va yuqori maqsadlar sari intilishning yaqqol natijasidir. Talabalarimizga kelgusida ilmiy va kasbiy faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!



