
🏆TATU TALABALARI DASTURLASH VA DRON TEXNOLOGIYALARI BO‘YICHA KATTA G‘ALABALARGA ERISHDI
💻INHA universiteti hamda “Electronic Autonomous Solutions” AJ hamkorligida xalqaro ilmiy-amaliy forum doirasida tashkil etilgan “EAS Code Challenge 2026” dasturlash musobaqasi va “EAS Project Competition 2026” loyihalar tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari yuqori natijalarni qayd etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi
🥇 “EAS Code Challenge 2026” — 1-O‘RIN
TATU dasturchilari terma jamoasi algoritmik fikrlash va dasturlash mahoratini namoyon etib, 25 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar:
🔵Miroqilov Davlatbek (AKTSIM 130-23)
🔵Ma’rufjonov Azizbek (330-23)
🔵Rahmatillayev Shohruh (134-24)
🚁“EAS Project Competition 2026” — DRON TEXNOLOGIYALARI
🥇1-o‘rin — LOCHIN loyihasi (25 million so‘m)
🔵Rajabov Temurbek (604-25)
🔵Muratboyev Otajon (250-24)
🔵Toshqulov Beshim (501-26)
🥈2-o‘rin — SADO (Gumbaz) loyihasi (15 million so‘m)
🔵Ahmedov Jaloliddin
🔵Qodirov Bohodir
🎉Ushbu natijalar TATU yoshlarining bilim salohiyati, muhandislik tafakkuri va innovatsion g‘oyalarining yorqin ifodasidir. G‘olib talabalarimizni muborakbod etamiz va yangi zafarlar tilaymiz!