TATU akademik litseyida yangi imkoniyatlar

  • Startseite
  • TATU akademik litseyida yangi imkoniyatlar



Bugun, 3-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov boshchiligidagi universitet rahbariyati ishtirokida TATU akademik litseyida yangi zamonaviy TUIT Lab laboratoriyasi hamda Axborot resurs markazining (ARM) ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim davomida litsey o‘quvchilari uchun 30 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan o‘quv laboratoriyasi hamda mingdan ziyod bosma adabiyotlar va elektron darsliklar bilan ta’minlangan ARM foydalanishga topshirildi.

Endilikda litsey o‘quvchilari mazkur laboratoriyada informatika, web-dasturlash va kompyuter grafikasi yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish, olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ARMda esa zarur o‘quv adabiyotlari va elektron ta’lim resurslaridan foydalanish, mustaqil ta’lim olish hamda ilmiy-ijodiy izlanishlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.