Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Oliy ta'limdan keyingi ta'lim instituti"da 2027-yil uchun mavjud ustuvor yo‘nalishlar!

  • Startseite
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Oliy ta'limdan keyingi ta'lim instituti"da 2027-yil uchun mavjud ustuvor yo‘nalishlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘i asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi.

📌 Mazkur ro‘yxatning “Raqamli va axborot texnologiyalari, jumladan sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar tahlili va raqamli yechimlarni ishlab chiqish” ustuvor yo‘nalishida quyidagi ixtisosliklar belgilangan:
🔹 05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari
🔹 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash
🔹 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari
🔹 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti
🔹 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot va kiberxavfsizlik
🔹 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui
🔹 05.01.10 – Axborot olish tizimlari va jarayonlari
🔹 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
🔹 05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash
🔹 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil tolaoptik aloqa tizimlari

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mazkur ixtisosliklarning mavjudligi universitetda ushbu ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy kadrlar tayyorlash imkoniyatlari keng ekanini ko‘rsatadi.

🎓 2027-yildan boshlab mazkur ustuvor ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul jarayonlarida ushbu yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2027-yildan boshlab ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga stipendiya 1,7 baravar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.


📚 Ilmiy izlanish olib borishni rejalashtirayotgan yosh tadqiqotchilarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorlaymiz!