


🏆 5-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Simsiz tarmoqlar” hamda “Elektronika va sxemalar” fanlari bo‘yicha universitet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi!
🛡 Mazkur olimpiada Radio va mobil aloqa fakulteti hamda Mobil aloqa texnologiyalari, Elektronika va radiotexnika kafedralari tashabbusi bilan tashkil etilib, unda 60 dan ortiq iqtidorli talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
🎓 Tadbir yakunida universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Komil Tashev talabalar bilan suhbat o‘tkazib, ularning taassurotlari va takliflari bilan tanishdi. G‘olib hamda faol ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!
⚙️ “Simsiz tarmoqlar” fanidan:
🥇 Nurmatov Ro‘zmatjon Orifjon o‘g‘li
🥈 Ismoilov Ulug‘bek Otabek o‘g‘li
🥉 Berdiyev Muhriddin Husniddin o‘g‘li va Saysultonov Hojiakbarxo‘ja Murod o‘g‘li
⚡ “Elektronika va sxemalar” fanidan:
🥇 Ravshanov Shuhrat Sherzod o‘g‘l
🥈 Karimov Shaxboz Sherzod o‘g‘li
🥉 Sobirov Ro‘ziali Erkin o‘g‘li
🎉 Fan olimpiadasida faol qatnashgan barcha talabalar, ustozlar va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz!
✍️ Bunday intellektual musobaqalar yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirib, innovatsion fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.