Professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan voleybol musobaqasining yarim final va final bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

  • Startseite
  • Professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan voleybol musobaqasining yarim final va final bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

🏛 Bugun, 23-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan voleybol musobaqasining yarim final va final bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

🤾‍♂️Musobaqaning final uchrashuvi Rektorat hamda Ma’naviyat sektori jamoalari o‘rtasida keskin va murosasiz ruhda kechdi. Qiziqarli bahslar yakuniga ko‘ra, Rektorat jamoasi g‘alaba qozonib, turnirning mutlaq chempioniga aylandi.

🏆 Yakuniy natijalar:
🥇 1-o‘rin — Rektorat jamoasi;
🥈 2-o‘rin —
Ma’naviyat sektori jamoasi;
🥉 3-o‘rin —
O‘quv sektori jamoasi.

👏 Universitetda sport musobaqalarini muntazam tashkil etish sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.