Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi Farmon va Qarordagi eng muhim tashabbuslar:

  • Startseite
  • Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi Farmon va Qarordagi eng muhim tashabbuslar:
⚡️Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi Farmon va Qarordagi (https://president.uz/oz/lists/view/9120) eng muhim tashabbuslar:
 
↪️1) 20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning Garvard, Stenford, London biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;
 
↪️2) 1000 nafar tadbirkorga 500 million so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);
 
↪️3) Xorijiy tildan C1 darajadagi sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizga arzonlashadi;
 
↪️4) Xorijiy tildan kamida B2 sertifikati bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji 50 foizga kamaytiriladi;
 
↪️5) Har yili kamida 10 mingta yosh oila imtiyozli ipoteka asosida uy-joy bilan ta’minlanadi;
 
↪️6) Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi;
 
↪️7) Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi;
 
↪️8) “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan 100 nafar yosh xodim har yili alohida mukofotlanadi;
 
↪️9) Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;
 
↪️10) “TOP-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 10 million so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi;
 
↪️11) Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;
 
↪️12) “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi;
 
↪️13) Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi (2031-yilgacha);
 
↪️14) Har yili sentabr oyida “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi;
 
↪️15) Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi;
 
↪️16) Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida haq to‘lanadigan stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
 
↪️17) Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan “Yoshlar sayilgohi” ko‘chalari tashkil etiladi;
 
↪️18) Davlat organlarida 3 yillik stajga ega yosh mutaxassislarning lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi;
 
↪️19) Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti beriladi;
 
↪️20) Mahalla va tuman darajasida yoshlar infratuzilmasi (kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi;
 
↪️21) Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi;
 
↪️22) Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali bepul biznes-rejalar tayyorlab beriladi;
 
↪️23) Yosh oilalar uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi;
 
↪️24) Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi;
 
↪️25) Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi;
 
↪️26) Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
 
↪️27) Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi;
 
↪️28) Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi;
 
↪️29) Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab 24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar tashkil etiladi;
 
↪️30) Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus “Kasblar olami” dasturlari joriy etiladi;
 
↪️31) Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;
 
↪️32) Elektron platformalar orqali har yili 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.