Ayni damda, Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA Jahon chempionati–2026 musobaqasiga kuzatish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.

  • Startseite
  • Ayni damda, Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA Jahon chempionati–2026 musobaqasiga kuzatish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.





 Ayni damda, Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA Jahon chempionati–2026 musobaqasiga kuzatish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.

 Mazkur yirik sport bayramida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

 Stadionda jam bo‘lgan minglab muxlislar qatorida TATU talaba-yoshlari ham milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlab, yurtimiz futbolchilariga iliq tilak va olqishlarini bildirmoqdalar.

 Bayramona ruh, vatanparvarlik kayfiyati, kuy-qo‘shiqlar va muxlislarning jo‘shqin qo‘llab-quvvatlashi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.

 Universitetimiz jamoasi milliy terma jamoamizga Jahon chempionati bahslarida ulkan muvaffaqiyat, yorqin g‘alabalar va omad tilaydi!

 Olg‘a, O‘zbekiston!