

Ayni damda, Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA Jahon chempionati–2026 musobaqasiga kuzatish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yirik sport bayramida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Stadionda jam bo‘lgan minglab muxlislar qatorida TATU talaba-yoshlari ham milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlab, yurtimiz futbolchilariga iliq tilak va olqishlarini bildirmoqdalar.
Bayramona ruh, vatanparvarlik kayfiyati, kuy-qo‘shiqlar va muxlislarning jo‘shqin qo‘llab-quvvatlashi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.
Universitetimiz jamoasi milliy terma jamoamizga Jahon chempionati bahslarida ulkan muvaffaqiyat, yorqin g‘alabalar va omad tilaydi!
Olg‘a, O‘zbekiston!