TАTUning professor-o'qituvchilari Fan, taʼlim, madaniyat va biznesni rivojlatrishda raqamli muhitni shakllantirishga bagʼishlangan "Issiq koʼl 2019: jamiyatni demokratlashtirish va kutubxonalar" xalqaro konferensiyasida ishtirok etayotganini ma'lum qilgan edik.
Konferensiya doirasida Qirgʼiziston oliy taʼlim muassasalari ilmiy kutubxonalarida Muhamma-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Raxmatullayev M.A. boshchiligida yaratilgan integrallashtirilgan axborot-kutubxona tizimi ARMAT++ asosida korporativ tarmogʼi muvaffaqiyatli tashkil etilgani munosabati bilan TATU professori Raxmatullayev M.A. Qirgʼiziston kutubxonalari konsortsiumi prezidenti tomonidan “Xalqaro kutubxonachilar hamdoʼstligi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi!
Maʼlumot oʼrnida aytish kerakki, Muhamma-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh professor-oʼqituvchilari va doktorantlari tomonidan axborot-kutubxona muassasalari(ARM)ning avtomatlashtirilgan tizimining yangi versiyasi ARMAT++ ishlab chiqilgan edi.
Bugungi kunda ushbu avtomatlashtirilgan tizim Respublikamizning koʼplab АRMlarida joriy etilgan. Quvonarlisi, ushbu tizim ayni vaqtga kelib qardosh respublikalarda ham joriy qilinmoqda.
Taqdirlash videosini ushbu havola orqali korishingiz mumkin
TATU matbuot xizmati