
Turan Security ekspertlari bilan amaliy seminarga qo‘shiling - hujumkor va himoyaviy kiberxavfsizlik yo‘nalishlariga muvaffaqiyatli kirish uchun yo‘l xaritasini birgalikda ko‘rib chiqamiz!
Ushbu kompaniya axborot tizimlarini himoya qilish, veb va mobil ilovalarda kiberxavfsizlik auditlarini amalga oshirish, tashkilotlar uchun kiberxavfsizlik siyosatlarini ishlab chiqish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni amaliyotga asoslangan holda tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
Spikerlar:
Sodiqov Akmaljon — UZCARD kompaniyasi Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoya qilish boshqarmasi boshligi, Turan Security kompaniyasi asoschisi va 7 yillik real tajribaga ega ekspert.
Kozimjon Mirzarahmonov — OSCP, BSCP, CMPen, CEDP, CRTP kabi xalqaro sertifikatlar ega O‘zbekistonda kam sonli mutaxassis hamda Turan Security kompaniyasi asoschisilaridan biri.
Yergashvoyev Jamshid — Alibaba, PlanetArt, OpenSea kabi xalqaro kompaniyalardan zaifliklar aniqlagan, bir nechta "zero day" va CVE zaifliklarini aniqlagan kamyob mutaxassis hamda Turan Security kompaniyasi asoschisilaridan biri.
Sana: 5-iyun
Vaqt: 10:00 – 13:00
Joy: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) A 318-xona.
Hurmatli talabalar, sizni Turan Security ekspertlari tomonidan o‘tkaziladigan, kiberxavfsizlik sohasidagi eng so‘nggi trendlar hamda qanday qilib kuchli mutaxassisga aylanish bo‘yicha katta seminarga taklif qilamiz.