O‘quv mashg‘ulotlari quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tdi:
“Sun’iy intellekt va robototexnika”;
“Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish”;
“O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanishda kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari”.
Tinglovchilar ushbu mavzulardagi master-klass mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida tinglovchilarga Universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangi tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalar faoliyati tanishtirildi.


