«O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I-Respublika tanlovi

  • Startseite
  • «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I-Respublika tanlovi
8 noyabr kuni TATUda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I-Respublika tanlovi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi boshkaruvi a’zolari, TATU olima ayollari va iqtidorli talaba qizlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi raisi, t.f.d.,professor K.T.Norkulova uyushma faoliyati va tanlov xaqida,t.f.d.,prof.P.M.Matyakubova esa patent olish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarto‘g‘risida ma’ruza qildilar.
Shuningdek, TATU dotsenti, t.f.d. S.Beknazarova, N.Tashpulatova xamda universitet olima ayollari va iqtidorli talabalari amalga oshirayotgan ilmiy tadqikot ishlar xaqida ma’ruza qilishdi.



Tanlov haqida qisqacha ma’lumot
Respublika tanlovida respublika iqtisodiyot tarmoqlariga o‘z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsionishlanmalarinijoriy etishmaqsadida bo‘lgan olima ayollar, doktorant, o‘qituvchi, iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar, ixtirochi, ratsionalizator, injener, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmatsevt, mutaxassisvatadbirkor xotin-qizlar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovning 1-bosqichida: ishtirokchilarning hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan qabul qilib olinadi, ishtirokchilar ro‘yhati shakllantirilib, hududiy xotin-qizlar qo‘mitasiga yuboriladi.
Tanlovning 2-bosqichida: tuman (shahar)lardan qabul qilib olingan hujjatlar, innovatsion loyihalarni baxolash mezoniga muvofiq, hududiy Ekspertlar kengashi tomonidan tahlil qilinadi. Ishtirokchilar o‘z innovatsion loyihasi bo‘yicha Ekspert kengashi oldida taqdimotlar qilishadi.
Shuningdek, tanlov ishtirokchilarining ilmiy texnik ishlanmalari, maket yoki innovatsion maxsulotlari namunalari bo‘yicha ko‘rgazma ham tashkil qilinadi.
2-bosqich g‘oliblari hududiy xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlanib, tanlovningyakuniy Respublika bosqichiga yo‘llanma olishadi.
«O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I-Respublika tanlovinining yakuniy bosqichida respublikamizning barcha hududlaridan tavsiya etilgan ishtirokchilarning hujjatlari va innovatsion loyihalari Respublika Ekspertlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Loyihalar ichidan 100 ta eng munosiblari tanlab olinib, tanlovning respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida turli nominatsiyalar bo‘yicha 100 nafar sovrindorlar Qo‘mita va hamkor tashkilotlarning diplom hamda qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

TANLOV NOMINATSIYALARI:
1. Eng yaxshi ixtiro;
2. Eng yaxshi foydali model;
3. Eng yaxshi sanoat namunasi;
4. Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi;
5. Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi;
6. Eng samarali innovatsion loyiha (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
7.Ayollar ilmiy jamoasining eng samarali innovatsion loyihasi (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
8. Kichik biznes uchun eng samarali innovatsion loyiha (iqtisodiyot tarmoqlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
9. Ta’lim sohasidagi eng samarali innovatsion loyiha (ta’limning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
10. Omadli start (o‘z kichik korxonalaridainnovatsion mahsulotlarni joriy qilmoqchi bo‘layotgan tadbirkor ayollar uchun.)
35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimalar, doktorant, o‘qituvchi, iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar, ixtirochi, injener, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmatsevtratsionalizator, mutaxassisva tadbirkor xotin-qizlar uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tadi:
1. Eng yaxshi ixtiro;
2. Eng yaxshi foydali model;
3. Eng yaxshi sanoat namunasi;
4. Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi;
5. Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi;
6. Yosh olima ayolning eng istiqbolli innovatsion g‘oyasi (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
7. Yosh olimalar jamoasining eng istiqbolli innovatsion loyihasi (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
8. Yosh tadbirkor ayolning kichik biznes uchun engistiqbolli innovatsion loyihasi (iqtisodiyot tarmoqlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
9. Ta’lim sohasidagi eng istiqbolli innovatsion loyiha (ta’limning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
10. Omadli start (o‘z kichik korxonalaridainnovatsion mahsulotlarni joriy qilmoqchi bo‘layotgan yosh tadbirkor ayollar uchun.);
11. O‘quvchi qizning eng istiqbolli innovatsion g‘oyasi (litsey va kollejlarning o‘quvchi qizlari uchun).
Ishtirokchi xujjatlari 10 noyabrgacha tuman va shaharp xotin-qizlar qshmitalari tomonidan qabul qilinadi.