Ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari almashildi

  • Startseite
  • Ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari almashildi



Forum dasturining yakuniy qismida O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar asosida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur hujjatlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng forum doirasida tashkil etilgan sho‘ba yig‘ilishlari moderatorlari tomonidan olib borilgan muhokamalar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi. Unda sessiyalar davomida bildirilgan takliflar, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.