HURMATLI ABITURIYENTLAR!

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti (TATU-BDIRU ATQF) bakalavriatning quyidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga hujjatlarni qabul qiladi:

  • Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti;
  • Dasturlanadigan mobil tizimlar;
  • Sun’iy intellekt.

Hujjatlarni qabul qilish onlayn rejimda (kechayu kunduz) amalga oshiriladi.

 Telegram kanal: https://t.me/pksf2020

Ushbu fakultet bitiruvchilari ikki diplomga ega bo‘lishadi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti

  • Eng yaxshi bitiruvchilar Belorussiya respublikasida ishga joylashishlari mumkin
  • Belorussiyada yotoqxona taqdim etiladi
  • Toshkentda yotoqxona taqdim etilmaydi
  • Talabalarga stipendiya to‘lanmaydi
  • O‘qish uchun to‘lovlar quyidagilarni tashkil qiladi:

            - Birinchi bosqichda (TATU da 1-2 kurslar) – yiliga 1 500 AQSh doll.

            - Ikkinchi bosqichda (BDIRU da 3-4 kurslar) – yiliga 2 000 AQSh doll.

TANLOVDA QATNASHISH UCHUN:

1) TATU-BDIRU ATQF qabul komissiasing tanlovida ishtirok etish uchun 25.07.2020 gacha onlayn ariza topshiring, hamda quyidagi hujjatlarni elektron ko‘rinishda GPEG yoki PNG formatida ilova qiling (hujjatlardagi ma’lumotlar o‘qish va ishda qo‘llash uchun tushunarli bo‘lishi kerak):

  • pasport (16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxasi
  • umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti veb-saytida amalga oshiriladi va hujjatlarni Qabul komissiyasiga quyidagi manzil orqali yuboriladi: http://abitur.tuit.uz.

2) KIRISH SINOVLARIDAN O‘TING.

Abituriyentlarni tanlashni tashkil qilishda ularning rus tili bilish darajasi asosiy shart hisoblanadi. Tanlov kirish imtihonlari (rus tilini bilish bo‘yicha suhbat va yozma test (matematika, fizika va informatika)) natijalari asosida amalga oshiriladi.

Tanlov har bir yo‘nalish uchun alohida o‘tkaziladi.

Kirish sinovlari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti vakillari tomonidan o‘tkaziladi.

 

2020-2021 o‘quv yiliga TATU-BDIRU ATQF bakalavriati ta’lim dasturlariga topshiruvchilar uchun qabul kvotalari

OTM nomi

Ta’lim yo‘nalishi

Qabul rejasi

ТУИТ

Axborot texnologiyalari dasturiy ta’minot

30

Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar

120

Sun’iy intellekt

150

*qabul komissiyaning qaroriga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar g‘oliblari hamda TATU-BDIRU ATQF tayyorlov ko‘rslarini muvofaqiyatli tugatgan fuqarolar tanlovdan tashqari hamda tanlangan ta’lim yo‘nalishiga ko‘ra qaror qabul qilinishi mumkin.

Kirish sinovlari 1 avgustdan 15 avgustgacha qabul komissiya tomonidan tasdiqlangan grafik asosida o‘tkaziladi.

O‘quv mashg‘ulotlar 2020 yil 2 sentyabrdan boshlanadi.

Qo‘shimcha savollar bo‘lsa, qabul komissiyasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin:    

      71 238-64-97

      71 238-64-85

      71 238-64-34

      71 238-65-17

      71 238-65-64