“Cyber University”da futzal bo‘yicha 25-ko‘chma Kubok musobaqasi yakunlandi

  • Startseite
  • “Cyber University”da futzal bo‘yicha 25-ko‘chma Kubok musobaqasi yakunlandi

Toshkent viloyati, Nurаfshon shahridagi “Cyber university” sport zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi korxonalardan jami 16 ta jamoa tarkibida 160 nafar xodimlar ishtirokida Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar oʻrtasida mini futbol (futzal) boʻyicha 25-koʻchma Kubok uchun respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Musobaqa O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda respublika bosqichining tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlandi. Musobaqa 14–17-noyabr kunlari o‘tkazildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/102821