Bugun Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi 9-11-avgust kunlari bo'lib o'tadigan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining Yarim finalida ishtirok etish uchun Qozoqiston Respublikasining Almata shahriga jo'nab ketdi.

  • Startseite
  • Bugun Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi 9-11-avgust kunlari bo'lib o'tadigan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining Yarim finalida ishtirok etish uchun Qozoqiston Respublikasining Almata shahriga jo'nab ketdi.

Yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar Final bosqichi uchun Gretsiya (https://youtu.be/t7bPvzkLw8Y)ga yo‘llanma oladilar.

O‘zbekiston terma jamoasi 2023-yilda Singapur davlatida bo‘lib o‘tgan musobaqada faxrli 3-o‘rinni egallab qaytishgan edi. 2024-yil ham yuqori natijalarni kutib qolamiz.

Terma jamoaning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, TATU hamda IT park rezidentlari Realsoft va Robotics Lab korxonalari jalb etilgan.

Terma jamoalarga universitetimizdan Zarif Qodirov, Adizbek Ergashev va Temur Rajabovlar murabbiylik qilmoqda.