2026-yil 16–17-aprel kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining gumanitar fanlar bo‘yicha yetakchi olimlar delegatsiyasi Shimkent shahriga, M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti taklifiga binoan tashrif buyurdi.

  • Startseite
  • 2026-yil 16–17-aprel kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining gumanitar fanlar bo‘yicha yetakchi olimlar delegatsiyasi Shimkent shahriga, M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti taklifiga binoan tashrif buyurdi.

 

2026-yil 16–17-aprel kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining gumanitar fanlar bo‘yicha yetakchi olimlar delegatsiyasi Shimkent shahriga, M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti taklifiga binoan tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim transformatsiyasini jadallashtirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi professional muloqotni mustahkamlashga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiya tarkibi:
Professor O.L. Erdonov, dotsentlar I.K. G‘ulomov, D.A. Tashkenbayeva va Sh.A. Abduraximova.

Amalga oshirilgan ishlar:
Hamkor universitetda “Всеобщая история и музейное дело” yo‘nalishi talabalari uchun maxsus ma’ruzalar o‘qildi.
“Auezov o‘qishlari – 24” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi.
QS Top 1000+ reytingidagi yetakchi universitetlar (U. Alikhanov, Makhambet, Atyrau, Altynsarin, Kazakh-American Free University) bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ushbu hamkorlik:
• akademik mobillikni kengaytiradi;
• ta’lim sifatini oshiradi;
• ilmiy integratsiyani kuchaytiradi;
• almashinuv dasturlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashrif TATUning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi faolligini yana bir bor tasdiqladi.