Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom

  • Startseite
  • Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom

Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qiliş tartibi töğrisida
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Uşbu Nizom «Ta’lim töğrisida» va «Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga (keyingi örinlarda Magistratura deb yuritiladi) talabalarni qabul qiliş tartibini belgilaydi.

Uşbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Magistraturaga qabul oliy ta’lim muassasalari tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va tölov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oşiriladi.

3. Magistraturaga qabul qiliş Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi (keyingi örinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan kiriş sinovlari natijalariga köra, töplangan ballarning reyting tizimi böyiça amalga oşiriladi.

Magistraturaga qabul tegişli ta’lim yönalişi va Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan turdoş (magistraturaga qabul böyiça) oliy ta’lim yönalişlari röyxati böyiça bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bölgan şaxslar örtasida tanlov asosida amalga oşiriladi.

Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bölgan şaxslar turdoş ta’lim yönalişlari röyxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnaşiş huquqiga egalar.

Magistraturaga qabul barça uçun (ham grantlar, ham tölov-kontrakt böyiça) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oşirilib, kiriş sinovlarida eng yuqori ball töplagan abiturientlarning davlat grantlari böyiça birinçi navbatda qabul qiliniş huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar ballar reytingi asosida belgilangan tölov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qiliniş huquqiga egadirlar.

Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi böyiça magistrlik mutaxassisligi, öqitiş tili va şakliga köra alohida ötkaziladi.

4. Kiriş sinovlari uç tilda — özbek, rus, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida ötkaziladi.

Magistraturada öqitiş tili Özbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul körsatkiçlari doirasida hujjatlar qabul qilinişiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

5. Abiturientlar magistraturaga kiriş sinovlarini oliy ta’lim muassasasida öqiydigan tilda topşiradi.

6. Magistraturaga qabul qiliş işlari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy öquv yili uçun tayinlangan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qiliş işlari böyiça qabul komissiyasi mas’ul kotibining örinbosari tayinlanadi.

7. Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yönalişiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan taşqari davlat granti asosida qabul qilinadilar.

II. Xorijiy fuqarolarni qabul qiliş

8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qiliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy fuqarolarni Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş va öqitiş tartibini takomillaştiriş töğrisida» 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori hamda

Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari asosida amalga oşiriladi.

III. Hujjatlarni qabul qiliş tartibi

9. Magistraturaga kiriş imtihonlari boşlanişidan bir oy avval, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi magistraturaga qabul qiliş muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan örinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda e’lon qiladi.

10. Magistraturaga kirişda abiturientlar (bakalavr darajasiga ega bölganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • magistratura mutaxassisligi körsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • oliy ma’lumot töğrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan köçirma — Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti böyiça öqib tugatganlar uçun) hamda unga ilova;
  • 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • 086-U — şakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

11. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgaça qabul qilinadi.

12. Hujjatlar taqdim etilişi jarayonida abiturientlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini şaxsan körsatadilar.

13. Körsatib ötilgan hujjatlar mavjud bölganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abiturientning hujjatlarini qabul qilişni rad etişga haqli emas.

IV. Kiriş sinovlari

14. Magistraturaga kiriş sinovi umumiy ballari quyidagilardan taşkil topadi:

  • magistraturaga kirişda tanlagan mutaxassislik böyiça bilim darajasini belgilovçi maxsus fanlardan sinov ötkaziladi (baholaş mezoni 0 balldan 150 ballgaçani taşkil etadi);
  • demokratik jamiyat quriş nazariyasi va amaliyoti asoslari böyiça sinov ötkaziladi (baholaş mezoni 0 balldan 50 ballgaçani taşkil etadi).
  • Oliy ta’lim muassasasi bitiruvçisining umumiy reytingi yoki özlaştiriş körsatkiçi (özlaştiriş tegişli ravişda 55 balldan 100 ballgaça bölgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.

Magistraturaga öqişga kirişda eng köp töplanişi mumkin bölgan (maksimal) ball — 300 ni taşkil etadi.

15. Abiturientlar quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kiriş sinovlari (maxsus test sinovlari) topşiradilar:

  • magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvçi ta’lim yönalişining maxsus fanlari;
  • demokratik jamiyat quriş nazariyasi va amaliyoti.

16. Kiriş sinovlari (maxsus test sinovlari) ötkaziş şakli va fanlar böyiça sinov dasturlari hamda abiturientlarning bilimlarini baholaş mezonlari oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan tegişli vazirliklar, idoralar va Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi va kiriş sinovlari boşlanişidan bir oy avval abiturientlar e’tiboriga yetkaziladi.

Demokratik jamiyat quriş nazariyasi va amaliyoti kursi böyiça yagona dastur va baholaş mezonlari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va tegişli oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

17. Kiriş sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 - 10 avgust kunlari ötkaziladi.

18. Kiriş sinovlari (maxsus test sinovlari) ötkazilişiga qadar, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov fanlari böyiça maslahatlar taşkil etiladi. Maslahatlar jadvali oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan işlab çiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.

19. Kiriş sinovlarini ötkaziş uçun rektorning buyruği bilan har bir sinov fanlari böyiça komissiyalar taşkil etiladi. Fanlar böyiça komissiya raislari, oliy ta’lim muassasasining idoraviy böysunişiga qarab, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

20. Sinov fanlari böyiça komissiya tarkibi oliy ta’lim muassasasining yetuk va tajribali professor-öqituvçilari tarkibidan taşkil etiladi. Zarur hollarda uning tarkibiga boşqa oliy ta’lim muassasasining öqituvçilari ham jalb etilişi mumkin.

21. Sinov fanlari böyiça komissiya raislari zimmasiga quyidagi mas’uliyat yuklanadi:

  • kiriş sinovlari sifatli ötkazilişini ta’minlaş maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabçan va adolatli professor-öqituvçilarni jalb etiş;
  • komissiya a’zolarining vazifalarini belgilaş (maslahatlar berişni taşkil etiş, imtihon savollarini tuziş, javoblarni baholaş mezonlarini işlab çiqiş va boşqalar);
  • sinov jarayoniga rahbarlik qiliş va nazorat etiş.

22. Fanlar böyiça sinovlarni ötkaziş tartibi (öqituvçilarni auditoriyalarga taqsimlaş, javoblarni şifrlaş hamda tekşiriş va hokazolar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.

23. Kiriş sinovlarining natijalari, baholaş mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan böyiça imtihon komissiyasining a’zolari, qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.

24. Oliy ta’lim muassasasiga öqişga qabul qilingan abiturientlarning sinov işlari ularning şaxsiy hujjatlar yiğma jildlariga tikib qöyiladi.
Öqişga qabul qilinmaganlarning sinov işlari 6 oy davomida saqlanadi, söng belgilangan tartibda yöq qilinadi.

25. Kiriş sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topşiriş man etiladi.

26. Oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda apellyatsiya (norozilik) komissiyasining işi taşkil etiladi.

Abiturient sinov natijasidan norozi bölgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boşlab 24 soat davomida sinov işini apellyatsiya qiliş haqidagi ariza bilan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellyatsiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etişi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani körib çiqiş muddati ikki kundan oşmasligi lozim.

27. Magistraturaga közi ojiz abiturientlarni qabul qiliş Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq amalga oşiriladi.

V. Abiturientni tölov-kontrakt asosida qabul qiliş va öqiş uçun tölov tartibi

28. Magistraturaga tölov-kontrakt asosida qabul qiliş Özbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilagan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida kiriş sinovlarining ballar reytingi böyiça Davlat komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi.

Abiturientlarni tölov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etiş töğrisida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin oliy ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy şaxslar örtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylaştiriladi.

Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari e’lon qilingan kundan boşlab beriladi va yuridik şaxslar uçun rahbar va boş buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy şaxslar uçun 2 nusxada rasmiylaştiriladi.

Davlat komissiyasi tomonidan tölov-kontrakt asosida öqişga tavsiya etilgan abiturientlar uçun tölov har yili kontrakt şartlarida körsatilgan muddatlarda amalga oşiriladi.

Kontrakt şartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oşiriş tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oşiriladi.

VI. Öqişga qabul qiliş tartibi

29. Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qiliş töğrisidagi qarori 20 avgustdan keçikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 25 avgustga qadar abiturientlarni davlat grantlari böyiça talabalar safiga qabul qiliş haqidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylaştiriş uçun asos böladi.

Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qiliş töğrisidagi qaroriga muvofiq tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qiliş yuridik yoki jismoniy şaxslar tomonidan öqiş uçun belgilangan mablağ miqdori 15 sentabrdan keçiktirilmay, belgilangan tartibda ötkazilgandan söng, oliy ta’lim muassasasining buyruği bilan rasmiylaştiriladi.

VII. Magistraturada öqiş muddati

30. Magistraturada öqiş muddati kamida 2 yil.

VIII. Yakunlovçi qoida

31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar böyiça nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:18