19. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-son qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab bölgan fuqarolar uçun respublika oliy ta’lim muassasalariga öqişga kirişda test sinovlarida töplanadigan eng köp ballning 25 foizi miqdorida qöşimça ball şaklidagi imtiyoz beriladi.
Mazkur qarorga binoan belgilangan imtiyoz harbiy qism qömondonligining tegişli tavsiyanomasiga ega şaxslarga beriladi va Özbekiston Respublikasining istisnosiz barça oliy ta’lim muassasalarida ta’limning hamma yönalişlariga joriy etiladi.
Harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega bölgan, biroq tanlov davomida (test sinovi) kerakli ball töplay olmagan muddatli harbiy xizmatni ötagan abiturientlar öqişning pedagogika, qişloq xöjaligi, tabiiy-ilmiy va texnik yönalişi böyiça oliy ta’lim muassasalariga tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Harbiy qism qömondonligining töplanişi mumkin bölgan ballar miqdorining 25 foizini qöşiş imtiyozi beriladigan tavsiyanomalar bilan hujjat topşirgan fuqarolar röyxatini Davlat test markazi 23 iyulda tasarrufida harbiy qismlar bölgan vazirliklar va idoralarga ikki kun muddatda tasdiqlaş uçun taqdim etadi.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tegişli tavsiyanomaga ega bölgan abiturientlar haqidagi ma’lumotlarni ta’lim yönalişi, öquv şakli va tili, javoblar varaqasi raqami körsatilgan holda belgilangan şakllar böyiça Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga kunduzgi va maxsus sirtqi bölimlar uçun 1 avgustda taqdim etadilar.