Kiriş imtihonlarini qabul qiliş tartibi

  • Startseite
  • Kiriş imtihonlarini qabul qiliş tartibi

Öqitiş tojik, qozoq, turkman va qirğiz tillarida olib boriladigan ayrim ta’lim yönalişlari böyiça kiriş imtihonlarini qabul qiliş
TARTIBI

1. Ayrim ta’lim yönalişlari böyiça öqitiş tojik, qozoq, turkman va qirğiz tillarida olib boriladigan oliy ta’lim muassasalarida, Davlat komissiyasi bilan kelişgan holda, qabul köp balli tizim böyiça kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oşiriladi.

Bu ta’lim yönalişiga arizalar faqat umumiy örta ta’lim muassasasini yoki örta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini körsatilgan tillarda bitirgan abiturientlardan qabul qilinadi.

2. Köp balli tizim böyiça kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida qabulni amalga oşiruvçi oliy ta’lim muassasalari körsatilgan holda öqitiş tojik, qozoq, turkman va qirğiz tillarida olib boriladigan ta’lim yönalişlarining röyxatini, kasbiy imtihonlar va test sinovlari fanlarini Davlat komissiyasi belgilaydi.

3. Savollar mazmuni va imtihonlar topşiriqlari umumiy örta ta’lim, örta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari dasturlariga qat’iy muvofiq bölişi lozim.

4. Abiturientlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qabul qiliş uçun oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda fanlar böyiça imtihon komissiyalari taşkil etiladi.

Oliy ta’lim muassasasi idoraviy böysunişiga qarab vazirlik (idora) bilan kelişilgan holda fanlar böyiça imtihon komissiyalarining raisligiga nomzodlarni öz vaqtida tasdiqlaş uçun Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda ötkaziladi.

Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.

5. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan örniga qarab (tegişli ravişda 111,6 ball, 75,6 ball yoki 39,6 ball) belgilangan eng köp ballning 0 dan 100 foizgaça bölgan oraliğida, yagona köp balli tizim böyiça baholanadi.

Imtihonlarni baholaş mezonlari, har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, oliy ta’lim muassasasining imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boşlanişidan bir oy oldin, abiturientlar e’tiboriga Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturi, ularni baholaş mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan fanlar böyiça yagona dastur va baholaş mezonlarini tasdiqlaydi va tegişligiga qarab oliy ta’lim muassasalariga yetkazadi.

6. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon röyxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan böyiça imtihon komissiyasi raisi va oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.

Imtihonlar natijalariga köra, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi belgilangan ta’lim yönalişlari böyiça tasdiqlangan örinlar kvotasiga tanlov ötkazadi.

7. Jadval böyiça imtihonga kelmagan abiturientlar navbatdagi imtihonni topşirişga kiritilmaydi.

8. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy imtihonlar ötkazilişi davrida belgilangan tartibda norozilik (appelyatsiya) komissiyasining işi taşkil etiladi.

9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va xolisona ötkazilişini ta’minlaş böyiça şaxsiy mas’uliyat oliy ta’lim muassasasi rektori va qabul komissiyasi mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi.

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:15