In-bound almashinuvi dasturi

Ayni paytda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyoning 160 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik memorandumiga ega va ular bilan talabalar almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻygan.

Hozirgacha TATUdagi almashinuv dasturida 500 ga yaqin xorijiy hamkor universitet talabalari ishtirok etishdi.

Quyida ariza berish tartiblari:

  1. Murojaat individual asosda emas, balki o‘qiyotgan universitet va qabul qiluvchi muassasada tayinlangan xodimlar o‘rtasida ko‘rib chiqilishi kerak va nomzodi taqdim etilishi kerak.
  2. Nomzod talabalar ariza topshirish muddati tugagunga qadar (30 iyun) interdep@tuit.uz yoki global.tuit@gmail.com manzillari orqali onlayn ariza topshirishadi va bir vaqtning o‘zida quyidagi hujjatlarni yuklaydilar:

- pasport nusxasi;

- Talabalik guvohnomasi;

- Universitetning rasmiy transkripti;

- Universitetning xalqaro idorasidan rasmiy tavsiyanoma;

- IELTS yoki TOEFL natijalari sertifikati nusxasi;

3 . Qabul qilish talablariga javob beradigan abituriyent Qabul qilish to‘g‘risida rasmiy xat oladi.

 

TATUda talabalar almashinuvi uchun ma’lumot
TATUda talabalar almashinuvi uchun ma’lumot Yuklab olish