ZULFIYAXONIM NOMI DILLARDA MANGU

ZULFIYAXONIM NOMI DILLARDA MANGU

🌺Kecha, 1-mart kuni o‘zbek xalqining ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun edi. Haqiqiy bahor shaydosi Vatanga muhabbati cheksiz farzand, mehribon ona, sadoqatli yor, oliyjanob insoniy fazilatlar sohibasi bo‘lgan Zulfiya Isroilova 1915-yilda Toshkentda tug‘ilgan.

✅Ushbu sana munosabati bilan TATU Samarqand filiali ’’Kompyuter injiniring‘’ fakultetida “Zulfiyaxonim nomi dillarda mangu” nomli tadbir tashkil qilindi.

🟢Unda “Kompyuter injiniringi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Narmurodov hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

🏛Fakultet iqtidorli talabalari tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar ijro etilib, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim hayoti haqida spektakl namoyish etildi.

🎞Shuningdek, talabalar ijrosidagi bahoriy kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.