“Yoshlarimizning kitobxonligi — bizning eng katta boyligimiz, eng muhim strategik vazifamizdir.” Sh.Mirziyoyev

  • Главная
  • “Yoshlarimizning kitobxonligi — bizning eng katta boyligimiz, eng muhim strategik vazifamizdir.” Sh.Mirziyoyev

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Rus va o‘zbek tillari kafedrasi o‘qituvchilari G. Mansurova va M. Qoraxodjayeva tashabbusi bilan Yunusobod tumani “Xiyobontepa” mahalla fuqarolari yig‘ini yoshlar yetakchisi U. Abdulxamidova, TATU Axborot-resurs markazi xodimlari hamda talaba-yoshlar hamkorligida “Kitob mutolaasi — xalqimizning asriy qadriyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida mehmonlar va ishtirokchilar, ayniqsa talaba-yoshlar kitob o‘qishning inson tafakkuri, dunyoqarashi va kasbiy shakllanishidagi beqiyos o‘rniga to‘xtalib o‘tdilar. Ular “Kitobga mehr” an’anasini davom ettirish, uni yoshlar orasida keng targ‘ib etish zarurligini ta’kidlashdi.

Talabalar bugungi raqobatbardosh davrda haqiqiy mutaxassis bo‘lib yetishishda muntazam o‘qish, izlanish va o‘z ustida ishlashning muhimligini alohida qayd etishdi.

Yoshlarimizni kitobga oshno qilish — eng muhim vazifamiz. Kitob o‘qigan xalqning kelajagi porloq bo‘ladi.