“Yoshlar kuni” doirasida TATUda talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

  • Главная
  • “Yoshlar kuni” doirasida TATUda talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

🔖 “Yoshlar kuni” doirasida TATUda talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

⏩Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralar hamda hududlarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbus va takliflarini bevosita eshitish hamda dolzarb masalalariga amaliy yechim topishning samarali mexanizmini shakllantirmoqda.

🟪 Mazkur tashabbus doirasida bugun, 2-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✔️ Ochiq muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirdi. Xususan, AT sohasida malaka oshirish, xalqaro sertifikatlar olish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, amaliyot va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ta’lim hamda raqamli ekotizimni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.



Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/186920