Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Psixologik konflikt — o‘sish sari bir qadammi yoki to‘siq?” mavzusida seminar-o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

  • Главная
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Psixologik konflikt — o‘sish sari bir qadammi yoki to‘siq?” mavzusida seminar-o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminar universitetning Psixologik qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy rivojlanish bo‘limi boshlig‘i tomonidan olib borildi. Unda Yoshlar ittifoqi a’zolari hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida psixologik konfliktlarning intrapsixik va interpsixik shakllari, ularning kognitiv, emotsional va xulq-atvoriy mexanizmlari, shuningdek, shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati atroflicha yoritib berildi.

Ishtirokchilar konfliktlarni to‘g‘ri anglash, konstruktiv boshqarish, emotsional regulyatsiya hamda adaptiv koping strategiyalari bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur seminar yoshlarning psixologik savodxonligini oshirish, muloqot madaniyatini rivojlantirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qildi.