Yaxshi xabar: Coursera (https://www.coursera.org/) kurslari endi O‘zbek tilida!

  • Главная
  • Yaxshi xabar: Coursera (https://www.coursera.org/) kurslari endi O‘zbek tilida!

Zamonaviy bilim olishingizga chet tilini yaxshi bilmasligingiz to‘siq bo‘layotgan bo‘lsa, endi parallel ravishda ham yangi ko‘nikmalarni ham chet tilini o‘rganishingiz mumkin! Buning uchun Coursera kurslarini chet tilida ko‘rib, tagidagi subtitrini O‘zbek tilida o‘qib tushunib boraverasiz.

Coursera kompaniyasi bilan hamkorlikda ilk 1500 ta zamonaviy IT kurslar sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Kelgusida ular sonini oshirib boramiz.

Masalan, quyidagi eng talabgir kurslarda O‘zbek tilidan ham foydalanib ta’lim oling hamda IT olamida daromad olishga birinchi qadamingizni boshlang:

➡️ AI Foundations: Prompt Engineering with ChatGPT – Arizona State University;
➡️ Generative AI in Software Development – IBM;
➡️ Cybersecurity and Privacy – Microsoft;
➡️ Data Analysis with Python – IBM;
➡️ Designing User Interfaces and Experiences – IBM.

Yildan yilga IT sohasida ta’lim olayotganlar soni ortib bormoqda birgina misol, 2023-yilda uzbekcoders.uz (https://uzbekcoders.uz/) portali orqali 230 ming nafar yoshlar IT sertifikatni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2025-yilning 7 oyida bu raqam 370 ming nafarga yetdi! (ularning yarmi - qizlar)