XALQARO E’TIROF ENDI TATU TALABALARI UCHUN!

🇺🇿O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ilk bor AKT yo‘nalishidagi keng qamrovli ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Germaniyaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya agentligi — ASIIN tomonidan 6 ta ta’lim dasturi bo‘yicha xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi:
🔹 Kompyuter injiniringi;
🔹 Dasturiy injiniring;
🔹 Telekommunikatsiya texnologiyalari;
🔹 Televizion texnologiyalar;
🔹 Infokommunikatsiya injiniringi;
🔹 Sun’iy intellekt.


📑 Akkreditatsiya sertifikatlari 2030-yilgacha amal qiladi.

🌍 Bu esa TATU bitiruvchilariga xalqaro standartlarga mos diplom, xorijda magistratura va PhD bosqichlarida o‘qish, grantlarda qatnashish hamda yirik IT kompaniyalarda faoliyat yuritish uchun katta imkoniyat yaratadi.

☑️ Ayniqsa, Sun’iy intellekt, Infokommunikatsiya injiniringi va Televizion texnologiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha TATU MDH hududidagi Yevropa standartlari asosida akkreditatsiyadan o‘tgan yetakchi universitetlardan biriga aylandi.

👏 Bu — nafaqat TATU, balki butun O‘zbekiston AKT ta’lim tizimi uchun tarixiy yutuq sanaladi.