💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi hamda Yoshlar akademiyasi universitetdagi lideri bilan birgalikda “ILM-FAN SOHASIGA O‘Z HISSANGNI QO‘SH!” shiori ostida ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan talaba yoshlarga universitetning “TUIT INCUBATION CENTER” inkubatsion markazida trening tashkil etildi.
🎓 Trening davomida talabalar Yoshlar Akademiyasi a’zoligiga qabul qilish shartlari va talablari, ilmiy-ijtimoiy ahamiyati, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda yo‘lga qo‘yishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar, shuningdek, innovatsion loyihalarda qatnashish yuzasidan bilim va tushunchalarga ega bo‘lishdi.