Toshkent axborot texnologiyalari universitetining xalqaro reytingdagi natijasi yaxshilandi!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Times Higher Education (THE) Asia University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Osiyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasida 601–800-o‘rinlar guruhidan joy oldi.
Joriy yilgi natijalarga ko‘ra, universitetning umumiy ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan oshib, reytingdagi pozitsiyasi mustahkamlandi.
Reytingda universitet faoliyati quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholandi:
Ta’lim sifati;
Ilmiy-tadqiqot muhiti;
Tadqiqot sifati;
Sanoat bilan hamkorlik;
Xalqaro faoliyat va ko‘rinish.
Mazkur natija universitetda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir.
TATU jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishiga tilakdoshmiz!