TATUda yana bir “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

  • Главная
  • TATUda yana bir “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

TATUda yana bir “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

👥 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning tashabbus va startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv TATU hamda IT Park Uzbekistan hamkorligida o‘tkazilib, unda universitet rahbariyati, IT Park mas’ullari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil11-fevraldagi PQ–59-son qarori asosida yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rivojlantirish uchun vazirliklar, oliy ta’lim muassasalari va banklar hamkorligida kompleks startap ekotizimini shakllantirish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Uchrashuv davomida TATU rektori Baxtiyor Maxkamov hamda IT Park Uzbekistan Bosh direktori Azamat Karamatov tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, IT sohasida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni real loyihalarga aylantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, IT Park vakillari tomonidan startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimi mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Tadbir davomida TATU talabalarining startap g‘oyalari ham namoyish etilib, yoshlar o‘z loyihalari bo‘yicha mutaxassislar bilan bevosita fikr almashish imkoniga ega bo‘ldi.

🖋 Tadbir doirasida TATU va IT Park o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilib, hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum:
💬startap loyihalar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash;
💬inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish;
💬talabalarning stajirovka va amaliyotlarini tashkil etish;
💬hamda “dual” ta’lim elementlarini joriy etishga xizmat qiladi.


🗒 Mazkur uchrashuv TATUda yoshlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning g‘oya va tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli texnologiyalar sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.