Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida chellendj va targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
💻Bugungi shiddatli axborot asrida jinoyatchilikning yangi turlari, jumladan, kiberjinoyatlar tobora ortib bormoqda. So‘nggi uch yil davomida ko‘plab fuqarolarning katta miqdordagi mablag‘lari onlayn tarzda o‘g‘irlangan.
🔐Ushbu turdagi jinoyatlar qurboni bo‘lmaslik uchun har bir inson kibermadaniyat qoidalarini bilishi va ularga amal qilishi zarur.
🗣Tadbir davomida ishtirokchilarga axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda onlayn makonda ehtiyotkorlik haqida foydali ma’lumotlar berildi.





