Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education reyting tashkiloti 2026-yil uchun “World University Rankings 2026 by Subject” (https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/by-subject) — fanlar kesimidagi dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingini e’lon qildi.
Mazkur xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab, bir nechta muhim yo‘nalishlar bo‘yicha dunyoning TOP–1000 universitetlari qatoridan joy oldi.
TATU natijalari:
– Ta’lim (Education) yo‘nalishi — 601–800 o‘rinlar;
– Muhandislik fanlari (Engineering) — 801–1000;
– Kompyuter ilmlari va dasturlash (Computer Science) — 1001+.
Bu ko‘rsatkichlar TATUda so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar, muhandislik va IT ta’limini rivojlantirish, zamonaviy o‘quv dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikka berilayotgan alohida e’tiborning amaliy samarasini yaqqol namoyon etadi.
Shuningdek, reytingdan yana uchta O‘zbekiston OTMlari ham o‘rin oldi:
– TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti — tabiiy fanlar va muhandislik yo‘nalishlari;
– O‘zbekiston Milliy universiteti — tabiiy fanlar;
– Toshkent davlat texnika universiteti — tabiiy va muhandislik fanlari.
Ma’lumot uchun:
Times Higher Education reytingi universitetlarni 11 ta asosiy yo‘nalish va 148 ta fan kesimida baholaydi.