TATU rektori “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

  • Главная
  • TATU rektori “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi



📌Raqamli texnologiyalar vazirligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va faol mutaxassislarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

💬Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Baxtiyor Maxkamovga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur mukofot universitetimiz rahbarining raqamli texnologiyalar, ta’lim va ilm-fan yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimizda IT sohasini yanada taraqqiy ettirish yo‘lidagi samarali faoliyatiga berilgan munosib bahodir.

👏TATU jamoasi rektorimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!