TATU — Janubiy Koreyaning IT kompaniyalari va startap ekotizimi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda!

  • Главная
  • TATU — Janubiy Koreyaning IT kompaniyalari va startap ekotizimi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda!



Joriy yilning 11–12-sentabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov Koreya Respublikasining yetakchi IT kompaniyasi Dain Leaders hamda Koreya Respublikasi Fan va AKT vazirligi qoshidagi Global raqamli innovatsiyalar tarmog‘i (GDIN) jamg‘armasi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida taraflar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
GDIN jamg‘armasi bilan hamkorlikda TATUda startap ekotizimini kengaytirish, talabalar startaplarini Janubiy Koreya bozoriga tanishtirish, investitsiya dasturlarini tashkil etish, akseleratsiya dasturlari, investitsiya mexanizmini yo‘lga qo‘yish, bilim almashinuvi va malaka oshirish borasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Raqamli ta’lim platformalari bo‘yicha yetakchi Dain Leaders kompaniyasi bilan IT sohasida yangi investitsion loyihalar amalga oshirish va mavjud yaratilgan tizimlarni rivojlantirish, loyiha boshqaruvi, texnik ekspertiza hamda ta’lim va AKT konsalting xizmatlari bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi.