Bugun dunyo sahnasida yana O‘zbekiston bayrog‘i baland hilpiramoqda!
🇨🇳 Xitoyning Shanxay shahrida 14–18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan FIDA Jahon Chempionati dron-soccer yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etib, yurt sha’nini munosib himoya qilmoqda.
🗣Ushbu jamoamiz safida munosib ishtirok etayotgan, iqtidorli va mehnatsevar yoshlarimizdan biri — talabamiz, TATU Dron Racing terma jamoasi a’zosi Ismoilov Biloliddin bugun maydonda o‘z mahoratini namoyish qilmoqda!
💬 Bu nafaqat sport. Bu — texnologiya, intellekt va jasorat uyg‘unligi. Bizning yoshlar — kelajakning muhandislari, liderlari va innovatsiya yaratuvchilari!
✅ Bugun O‘zbekiston terma jamoasi yaratgan tarix — ertaga sizniki bo‘lishi mumkin! Orzularni cheklamang — qanotlaringizni yozing, osmonga ko‘tariling!
🇺🇿Biz Terma jamoamiz bilan faxrlanamiz va ularga omad tilaymiz.



