TALABALARIMIZ UCHUN MASTER-KLASS BO‘LIB O‘TDI!

TALABALARIMIZ UCHUN MASTER-KLASS BO‘LIB O‘TDI!

Kuni kecha TATU talabalariga muvaffaqiyatli tadbirkor va startap ekotizimi vakili Hasan Mamasaidov tomonidan maxsus master-klass tashkil etildi.

💡Uchrashuv davomida talabalar:
• startapni qanday boshlash;
• biznes g‘oyani rivojlantirish;
• investitsiya jalb qilish;
• pitching va taqdimot qilish;
• real biznes tajribalari va xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi.

🎙Master-klass interaktiv ruhda o‘tdi — talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

📌Tadbir davomida:
🤔foydali tavsiyalar;
🤔real keyslar;
🤔motivatsion fikrlar;
🤔biznesni boshlashdagi muhim jihatlar muhokama qilindi.


🎁Eng faol qatnashgan talabalar kitoblar bilan taqdirlandi.

🤝Bunday uchrashuvlar yoshlarning innovatsion fikrlashi, tadbirkorlik ko‘nikmalari va startap madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️O‘z g‘oyasini katta loyihaga aylantirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun bu uchrashuv katta motivatsiya va tajriba maydoni bo‘ldi!