“Suhbat klubi – Fransiya mintaqalari turli-tuman mintaqalari haqida!” tadbiri TATUda o‘tkazildi!”

  • Главная
  • “Suhbat klubi – Fransiya mintaqalari turli-tuman mintaqalari haqida!” tadbiri TATUda o‘tkazildi!”

Toshkent Fransuz Alyansi noyabr oyining ko‘chma ikki haftalik dasturi doirasida, 2025-yil 20-noyabr kuni soat 18:00 da, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida “Suhbat klubi – Fransiya mintaqalari turli-tuman mintaqalari haqida!” nomli tadbir o‘tkazildi.

🇫🇷Mazkur suhbat klubini Fransuz Alyansi markazining madaniyat xodimi Alice Claer tashkil etdi. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar o‘rtasida fransuz tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

✅ Tadbirini Fransiyalik mehmonlar — Gaspard va Marie olib bordi. Tadbir davomida interaktiv muloqotlar, madaniy almashinuv va ijodiy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

👤Ushbu tadbir Universitetimizdagi Fransuz tili markazida, fransuz tili fani o‘qituvchisi, Chet tillar kafedrasi v.b. dotsenti N. Nasirova ishtirokida, shuningdek iqtisod fakulteti talabalari qatnashuvida bo‘lib o‘tdi.

❗️Kelgan mehmonlar fransuz tili markazining zamonaviy jihozlanganligi va unda fransuz muhitining yaratilganidan juda mamnun bo‘ldilar. Kelgusida bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda.