“Soliq bilimdonlari” respublika tanlovi

 

"Soliq bilimdonlari” respublika tanlovini tashkil etish
va o’tkazish tartibi to’g’risida
NIZOM

Mazkur Nizom oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (keyingi o’rinlarda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) talaba-o’quvchilari o’rtasida "Soliq bilimdonlari” respublika tanlovini (keyingi o’rinlarda tanlov deb yuritiladi) o’tkazish tartibini belgilaydi.

1-bob Umumiy koidalar

1.Tanlovda oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talaba-o’quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etadi.

2.Tanlovni tashkil etish va uni o’tkazi mas’ul tashkilotchilarning vakillaridan iborat tashkiliy qo’mita tuziladi.

3.Tanlovning maxalliy, xududiy va respublika bosqichlarida xar bir ta’lim muassasasidan 8 nafargacha talaba-o’quvchilardan iborat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.

4.Tanlov oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun aloxida-aloxida tarzda o’tkaziladi.

2-bob. Tanlovni o’tkazishning maqsadi va vazifalari

5.Tanlov ta’lim muassasalari talaba-o’quvchilarining soliq

qonunchiligi sohasidagi bilimlarini yanada mustaxkamlash

va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish, ularni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Soliq kodeksi va boshqa qonun xujjatlariga xurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda soliq siyosatini yanada erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning mazmun-moxiyati bilan yaqindan tanishtirish, iqtidorli yoshlarni aniklash, ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish va o’zi iqtidorlarini namoyish etishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida o’tkaziladi.

1.Tanlovning vazifalari kuyidagilardan iborat:

yoshlarning Konstitutsiya bilan belgilab qo’ylgan huquq va burchlarga xurmat xissini yanada mustahkamlash;

talaba-o’quvchilarni kasbga qiziqtirish, ularning bush vaqtini mazmunli va foydali tashkil etish;

talaba-o’quvchilarning soliq sohasidagi isloxotlar borasidagi bilimlarini oshirish;

jamoa a’zolari tarkibidan zamonaviy bilimlarni egallagan, zukko va bilimdon yoshlarni tanlab olib, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan tartibda ishga jalb qilish;

davlat soliq xizmati organlari, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati xamkorligini yanada mustaxkamlash.

3-bob. Tanlovni tashkil etish va o’tkazish

2.Tanlov o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari o’rtasida to’rt bosqichda o’tkaziladi. Tanlovning:

saralash bosqichi xar yili mart oyida ta’lim muassasalarida; maxalliy bosqichi xar yili aprel oyida tuman (shaxar)larda; xududiy bosqichi xar yili may oyida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shaxrida;

yakuniy bosqichi iyun oyida Toshkent shaxrida o’tkaziladi.

3.Tanlov oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida uch bosqichda o’tkaziladi. Tanlovning:

saralash bosqichi xar yili mart oyida ta’lim muassasalarida; xududiy bosqichi xar yili aprel oyida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shaxrida;

yakuniy bosqichi may oyida Toshkent shaxrida o’tkaziladi.

4.Tanlovni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha ta’lim muassasalarida, tuman (shaxar)larda, xududlarda tashkiliy qo’mitalar tuziladi.

Tashkiliy qo’mitalarga mas’ul tashkilotlar, ta’lim muassasalari vakillari kiritiladi.


5.Tanlovni o’tkazish joyi va sanasi tashkiliy qo’mita tomonidan belgilanadi va kamida 5 kun oldin ta’lim muassasalari hamda mas’ul tashkilotlar vakillariga ma’lum qilinadi.

4-bob. Tanlov shartlari va baxolash mezonlari

6.Tanlov 4 ta shart asosida o’tkaziladi.

7.Tanlovningbirinchi shartida uzlari taxsil olayotgan ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, ilmiy ijod va malakaviy izlanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, sunggi yillarda mamlakatimizda soliq solish va soliq ma’murchiligi sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning mazmun-moxiyatini tushuntirib berishlari, shuningdek jamiyatda soliq madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan takliflarini kurgazmali tarzda namoyish etishlari shart.

Ushbu shartni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi va 5 balli tizimda baxolanadi.

8.Tanlovningikkinchi shartida hakamlar xay’ati tomonidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi soliq to’g’risidagi konun xujjatlarining mazmuni va moxiyati, soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, karorlari va farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasining karorlari va farmoyishlari ijrosi, soliq stavkalari va imtiyozlar yuzasidan xar bir jamoaga 5 tadan savollar beriladi. Berilgan savollarga jamoa tanlagan a’zosi tomonidan faqat bir marotaba javob beriladi, qo’shimcha javoblar qabul qilinmaydi.

Ushbu shartda jamoaga uylash uchun 3 daqiqa vaqt beriladi xamda 10 balli tizimda baxolanadi.

9.Tanlovning "Uyga vazifa” nomli uchinchi shartida jamoalar tomonidan "soliq tulovchi - davlat soliq xizmati organlari - davlat byudjeta” munosabatlari, shu jumladan, soliqlarning mamlakat ijtimoiy-iktisodiy hayotidagi urni xamda axamiyatini va boshqa shu kabi masalalarga oid saxna ko’rinishlari namoyish qilinadi.

Ushbu shartni bajarish uchun 7 daqiqa vaqt beriladi va 5 balli tizimda baxolanadi.

10.Tanlovning "Sardorlar bellashuvi” nomli to’rtinchi shartida jamoa sardorlari xar birida 5 tadan savoldan iborat bo’lgan biletlardan bittasini tanlaydi va savollarga javob beradi.

Savollarga jamoa sardorlaridan boshqa a’zolarning javob berishiga yoki qo’shimcha izox keltirishiga yo’l qo’ylmaydi.

Ushbu shartda jamoa sardoriga uylash uchun 3 daqiqa vaqt beriladi xamda 10 balli tizimda baxolanadi. Bunda xar bir savolga to’liq va to’g’ri berilgan javob 2 ball bilan baxolanadi.

11.Tanlovning birinchi va uchinchi shartlarini bajarishda badiiy chikishlar va saxna ko’rinishlarining o’ziga xosligi, milliyligi, mazmundorligi, yangiligi, jamoalarning uzini tanishtirish va saxnaviy ko’rinishlar jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq isloxotlarining inobatga olinganligi xamda ular moxiyatini oddiy va xalqchil tarzda ochib berilganligi, shartlarni bajarish uchun belgilangan vaqga rioya qilinganligi, voqea-xodisalarning yumor asosida tayyorlanganligi - baxolashning asosiy mezoni hisoblanadi.

Mazkur shartlarda video va audio fonogrammalardan foydalanilishi mumkin, lekin ularning davomiyligi shart uchun ajratilgan vaqtning 40 foizidan ortiq bo’lishiga yo’l qo’ylmaydi.

12.Tanlovning ikkinchi va to’rtinchi shartlaridagi savollar Davlat soliq qo’mitasi mutaxassislari tomonidan tuziladi xamda respublika tashkiliy qo’mitasi tomonidan saralanib, tanlov kunidan bir kun oldin maxsus paketlarga joylashtirilib, muxrlanadi va davlat soliq xizmati organlarida saqlanadi.

13.Savollar mas’ul tashkilotlarning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali e’lon qilinishi mumkin.

14.Tanlov shartlarini baxolash, goliblar va boshqa ishtirokchilarni tavdirlash tashkiliy qo’mita tomonidan tuziladigan hakamlar xay’ati tomonidan amalga oshiriladi.

Hakamlar xay’ati tarkibiga davlat soliq xizmati organlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati xamda boshqa manfaatdor idoralarning mas’ul xodimlari kiritiladi. Shuningdek, hakamlar xay’ati tarkibiga ta’lim, madaniyat va san’at sohasi vakillari xam kiritilishi mumkin.

15.Tanlov davomida shartlarni bajarishda belgilangan reglament talablariga hamda tanlov o’tkazilayotgan muassasada urnatilgan tartib- qoidalarga rioya etmagan jamoaga jarima ballari xullaniladi.

Hakamlar xay’ati tomonidan jamoalar o’rtasida barcha shartlar bo’yicha ballar yig’indisiga qarab mos ravishdaI, II va III o’rinlar taksimlanadi.

Agar barcha shartlar bo’yicha ballar yig’indisi teng bo’lganda o’rinlarni belgilash sardorlar bellashuvi orqali xal etiladi.

U mumiy ballari teng bo’lgan xar bir jamoa sardoriga hakamlar xay’ati a’zolari konvertdagi biletlardan 1 ta savolni beradi. Javob berish uchun 1 daqiqa vaqt ajratiladi. Savolga tayyorlanishga esa vaqt berilmaydi.

Hakamlar xay’ati tomonidan sardorlarning bergan javoblari inobatga olingan xolda jamoalarning o’rinlari xal xilinadi.

16.Hakamlar xay’ati tomonidan xabul xilingan xarorga sharx berilmaydi va ushbu xaror muxokama etilishiga yo’l xuyilmaydi.

5-bob.Tanlov g’oliblarini taqdirlash

17.Tanlovning:

saralash, maxalliy va xududiy bosxichlari goliblari tashkiliy qo’mitalarning;

respublika bosqichi goliblari Davlat soliq qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy KengashiningI, II va III darajali diplomlari va qimmatbaxo sovgalari bilan taqdirlanadilar.

18.Tanlovning maxalliy va xududiy bosqichlarida I o’rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

19.Tanlov yakuniga ko’ra, hakamlar xay’ati tomonidan turli nominatsiyalar bo’yicha goliblar aniklanishi xamda ular faxriy yorliq va sovgalar bilan rag’batlantirilishi mumkin.

b-bob. Yakuniy koidalar

20.Tanlovni o’tkazish bilan bog’liq barcha xarajatlar mas’ul tashkilotchilar va boshqa manfaatdor idoralarning mablag’lari hisobidan belgilangan tartibda qoplanishi mumkin.

21.Davlat va nodavlat tashkilotlari tanlovga homiyik qilishlari mumkin.

22.Tanlovning maxalliy va xududiy bosqichlari bilan botlik barcha xujjatlar(materiallar) davlat soliq boshqarmalarida, respublika bosqichi bo’yicha xujjatlar (materiallar) Davlat soliq qo’mitasida saqlanadi.

23.Tanlov yakunlariga ko’ra, hakamlar xay’ati tomonidan golib deb topilgan xamda turli nominatsiyalarni kulga kiritgan ishtirokchilar Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda, davlat soliq xizmati organlariga ishga kirishda imtiyozlargaega bo’ladilar.


"Soliq bilimdonlari” respublika tanlovini tashkil etish va o’tkazish yuzasidan amalga oshiriladigan

ChORA-TADBIRLAR RYeJASI

Tadbir komi

Amalga oshnrish mexanizm i

Muddati

Mas’ullar

1.

Tanlovni tashkil etish va o’tkazish yuzasidan respublika tashkiliy qo’mitasi yigilishini o’tkazish.

Tanlovni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha qabul qilingan karor yuzasidan vazifalar va mas’ullarni belgilash.

Har yili 15 fevralga qadar

Davlat soliq qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi

2.

Tanlovni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tashkiliy qo’mitalarni tuzish.

Nizom talablari asosida tashkiliy qo’mita tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.

Har yili 20 fevralga qadar

Davlat soliq qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi

3.

Tanlovni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha chora- tadbirlar rejasini ishlab chikish va tasdiqlash.

Tanlovni yukori saviyada tashkil etish bo’yicha vazirlik, idora va tashkilotlarning xodimlariga vazifalarni anik belgilab berish.

Har yili 20 fevralga qadar

Davlat soliq qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi

 



Tadbir nomi

Amalga oshnrnsh mexa niz mi

Muddati

Mas’udlar

4.

Tanlovga yoshlarni keng jalb etish maqsadida ta’lim muassasalarida targibot ishlarini olib borish.

Tanlov mazmun-moxiyatini izoxlovchi videorolik tayyorlab, tashkiliy qo’mitaga takdim etish.

Har yili 1 martga qadar

"Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Davlat soliq qo’mitasi

Ta’lim muassasalarida e’lonlar, davra suxbatlari tashkil etish orqali talaba- o’quvchilarni tanlovga jalb etish.

Har yili fevral-mart oylari davomida

Ta’lim muassasalari raxbarlari, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakatining xududiy Kengashlari mas’ullari

5.

Tanlovda ishtirok etadigan jamoalar ruyxatlarini shakllantirish.

Ta’lim muassasalarining tanlovda ishtirok etadigan jamoalar tarkibini anikdash va tashkiliy qo’mitaga takdim etish.

Har yili 1 martga qadar

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi

6.

Tanlovning hakamlar xay’ati tarkibini shakllantirish.

Xakamlar xay’ati tarkibiga soliq idoralari va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillarini jalb qilish.

Tanlov

o’tkazilishidan 5 kun oldin

Davlat soliq qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi

7.

Tanlov ishtirokchilariga beriladigan savollar tarkibini tayyorlash va e’lon qilish.

Sol i kd ar va soliqka oid fanlar, soliq sohasidagi normativ-xuku kiy xujjatlar asosida savolnomalarni tayyorlash.

Har yili 10 martga qadar

Davlat soliq qo’mitasi, tashkiliy qo’mita

8.

Tanlovni yukori saviyada o’tkazish.

Utkaziladigan joyni aniklash va tashkiliy qo’mitaga taklif kiritish.

Tanlov

o’tkazilishidan 5 kun oldin

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

 


 

Tadbir komi

Amalga oshirish mexanizmы

Muddati

Mas’ullar

 

 

Kurik-tanlovni o’tkazish stsenariysini tuzish va tashkiliy qo’mitaga takdim etish.

Tanlov

o’tkazilishidan 5 kun oldin

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Tanlovni olib borish uchun boshlovchilarni tayinlash.

Tanlov

o’tkazilishidan 3 kun oldin

"Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi

Utkaziladigan binoni, saxnani tanlov maqsadlaridan kelib chikkan xolda jixozlash.

Tanlov

o’tkazilishidan 1 kun oldin

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi, ta’lim muassasalari raxbarlari

9.

Tanlov jarayonida ishtirokchi jamoalarni zaldan kullab-kuvvatlash tadbirlarini tashkil etish.

Tomoshabinlarni bayroklar va shiorlar bilan ta’minlash, zalda kutarinkilik ruxini tashkil etish.

Tanlov

davomida

"Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi, ta’lim muassasalari raxbarlari

10.

Tanlovning saralash, xududiy va respublika bosqichlarida goliblikni kulga kiritgan jamoalarni ragbatlantirish.

Tanlovning goliblari uchun diplom va faxriy yorliqdar namunalarini tayyorlab, tashkiliy qo’mitaga takdim etish.

Tanlov

o’tkazilishidan 5 kun oldin

"Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi

11.

Tanlovning tuman (shaxar), xududiy va respublika bosqichlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.

Ommaviy axborot vositalari, jumladan, televidenie, radio, gazeta va rasmiy saytlar orqali tanlovning barcha bosqichlarini yoritib borish.

Har yili mart- iyun oylarida

Mas’ul tashkilotlarning Axborot xizmatlari, tashkiliy qo’mita raxbarlari