O‘zbekiston – Koreya Policy Research Forum” bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyani ta’lim, energetika va hududiy rivojlanishda strategik qo‘llash

  • Главная
  • O‘zbekiston – Koreya Policy Research Forum” bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyani ta’lim, energetika va hududiy rivojlanishda strategik qo‘llash
 
 
 
 
2026-yil 1-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Osiyo taraqqiyot banki instituti hamda Seul milliy universiteti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston – Koreya Policy Research Forum” bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyani ta’lim, energetika va hududiy rivojlanishda strategik qo‘llash” mavzusiga bag‘ishlandi. 
 
Tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida siyosiy-tadqiqot hamkorligini mustahkamlash, universitetlar va tahlil markazlari o‘rtasida uzoq muddatli ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, bunda sun’iy intellektni qo‘llashning metodik va institutsional jihatlarini ishlab chiqishning o‘ziga xosligini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
 
Forumning ochilish marosimida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Baxtiyor Maxkamov so‘zga chiqib, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda xalqaro tajriba almashishning ahamiyatini ta’kidladi.
 
Tadbirda Seul milliy universiteti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR), Osiyo taraqqiyot banki instituti (ADBI), mahalliy va xorijiy vazirliklar, tashkilotlarning vakillari  hamda nufuzli mustaqil ekspertlar ishtirok etdi.
 
Forum doirasida:
🔹 oliy ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish;
🔹 hududiy rivojlanishda raqamli texnologiyalar;
🔹 energetika sohasida AI yechimlari bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
 
Mazkur forum O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida ilmiy-tadqiqot hamkorligini mustahkamlash, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni rivojlantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.