“O‘zbek xalqiga tinchlik kerak, omonlik kerak!”

Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor halqimizning ana shunday o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.
Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan, olovli maydonlarda o‘z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog‘ida. Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan 6 mingdan ziyod ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Har yili, jumladan, joriy yilning 18 aprelida "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining e’lon qilinishi ham shundan dalolatdir.
Prezidentimiz Islom Karimov mudxish va ayovsiz urushning takrorlanmasligi uchun uning ildizlari yana unib chiqishining oldini olish hozirgi vaqtda eng dolzarb, eng muhim muammo bo‘lib qolayotganiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. "Dunyoning ko‘pgina mintaqalaridagi qarama-qarshilik, qurolli to‘qnashuvlar, qonli fojealar, yon atrofimizdagi notinch ahvol, avvalo, Afg‘onistonda 35 yildan ziyod vaqt mobaynida davom etayotgan tahlikali vaziyat Vatanimizni har qanday balo-qazolardan asrash uchun sezgir va doimo ogoh bo‘lib yashashimizni talab qiladi”, degan fikrlari tabiiyki, o‘z oilasini, farzandlarini ertangi kuni haqida o‘ylaydigan hech bir yurtdoshimizni befarq qoldirmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, 27 aprel kuni Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida"O‘zbek xalqiga tinchlik kerak, omonlik kerak!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni tashkil etishdan maqsad: talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda keksalarni e’zozlash, tarixni bilish, milliy o‘zlikni anglash fazilatlarini shakllantirish, uzoqni ko‘zlab, yon-atrofimizdagi, dunyodagi vaziyatni xolisona tahlil qilib, birinchidan, bugun qanday murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimizni anglashda yoshlarga ko‘mak berish, ikkinchidan, ularning mafkuraviy immunitetini mustaxkamlash, uchinchidan esa, ilmli, mas’uliyatli, intizomli, vatanparvar va fidoyi mutaxassislarni tarbiyalashda amalga oshirilish lozim bo‘lgan vazifalarni yana bir bor tahlil qilishdan iboratdir.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi vakillari Sh.Xonimov, O‘zDJTU professori N.Jo‘rayev, shoira Sayyora To‘ychiyeva, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi, shoira Munavvara Usmonova, Muqimiy nomidagi musiqali teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, O‘zbek davlat teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jumadulla Rametov, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Saidov, universitet rahbariyati va talabalari xamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

 

 

“O‘ZBEK XALQIGA TINChLIK KERAK, OMONLIK KERAK!”

 

“O‘ZBEK XALQIGA TINChLIK KERAK, OMONLIK KERAK!”

 

“O‘ZBEK XALQIGA TINChLIK KERAK, OMONLIK KERAK!”